Hikoyamiz 2019-yilda Cambridge Universitetining iqlim o‘zgarishi haqida tashvishda bo‘lgan ikki yosh olimi, Erik va Issi, bilan boshlandi. Ular vaziyatning yomonlashayotganini ko‘rdilar — Amazon o'rmonlarida yong‘inlar avj olgan, Yevropada misli ko‘rilmagan issiqlik to‘lqinlari kuzatilgan va Hindistonda katta hududlar suv ostida qolgan edi. Iqlim o‘zgarishi haqida tashvishlanayotganlar tobora ko‘payayotgan edi va odamlar bularni ko‘chalarga olib chiqishni boshladilar.
Tabiat muammolarni hal qiluvchilar sifatida Erik va Issi yechimlar topishga harakat qildilar. Ular onlayn tarzda “iqlim o‘zgarishini qanday hal qilish mumkin” deb izlandilar, lekin ular faqat iqlim xavotiri va ekologik mahsulotlar uchun reklamalardan boshqa narsa topisholmadi.
Ma’lum bo‘ldiki, Erik va Issi yolg‘iz emas edi — yoshlarning 95%i iqlim o‘zgarishidan xavotirda va 70% o‘zlariga berilgan ta'limdan shubhalanishardi.
Keyin ularga bir fikr keldi. “Agar biz ilmiy jurnallardagi kabi standartlarga asoslangan va iqlim o‘zgarishini hal qilish uchun odamlarni kuchaytirdigan, qisqartirilgan shakldagi ma’lumotlar yaratsak-chi?” deb o'ylashdi
Ular birgalikda iqlim faniga oid maqolalarini ko‘rib chiqib, ularni ijtimoiy tarmoqlar uchun ClimateScience nomi ostida kontentlarga aylantirishni boshladilar. Atigi ikki oy ichida, ClimateScience virusdek tarqaldi va Instagramda 40,000 kuzatuvchilarga erishdi. Odamlar qanday yordam bera olishlarini so‘rab, shaxsiy xabarlar yuborishni boshlashdi. Qiziquvchan, g'amxo'r va tirishqoq insonlardan iborat jamoa tez o‘sdi va barchaga iqlim ta’limini yanada tushunarliroq qilishga bel bog'lashdi.
Bir necha yil ichida ClimateScience dunyodagi eng katta iqlim borasida ta’lim beruvchi platformaga aylandi! Biz iqlim tushuncha va ta’limini yaxshilash uchun ta’lim kurslari, videolar, resurslar va turli vositalar yaratamiz. Bularning barchasi mutlaqo bepul va har qanday qurilmadan bir necha marta bosish orqali kirish mumkin.
Iqlimga oid ta'lim yaxshilanishi kerak bo‘lgan yagona narsa emas, ta’lim tizimlarimiz ham yaxshiroq bo‘lishi kerak. Bizga qiziquvchanlik, tanqidiy fikrlash, izlanish va o‘qishni rag'batlantiradigan dunyo kerak. Odamlar o‘z qiziqishlarini o‘rganib, maqsadlariga erishish yo‘lida boshqalar tomonidanqo‘llab-quvvatlanadigan dunyo.
Hozirda, Yuzaki e'tibor tufayli, insoniyat muammolarni hal qila olish salohiyatining faqat bir qismidan foydalanib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashyapmiz. Agar qolgan qismini ham ishga solsak nima bo‘ladi? Agar biz kamroq azob-uqubat va ko‘proq imkoniyat dan iborat dunyo yaratsakchi?
Sayohatimiz aynan shu yerdan boshlanadi. Harakatimzga qo‘shiling!